Yoz kunlari sovuq ichimliklar chanqoqni qondiradi. Ammo quyosh nuri ostida uzoq saqlangan salqin ichimliklar sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini bilasizmi?
❓Nega bu xavfli?
🔹Kimyoviy reaksiya yuz beradi
PET (plastik) idishlar quyosh nurida qizib, ichimlik tarkibiga zararli moddalar ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu moddalardan biri — bisfenol A (BPA) — gormonal tizimga zarar yetkazishi mumkin.
🔹Gazlangan ichimliklarda portlash xavfi
Yuqori haroratda gaz bosimi ortadi. Bu esa butilkani ochishda yoki harakatlanishda portlash xavfini keltirib chiqaradi.
🔹Mikroorganizmlar ko‘payadi
Agar ichimlik bir marta ochilgan bo‘lsa, issiqda mikroblar tezda ko‘payib, ichimlikni yaroqsiz holga keltiradi.
🔹Ta'mi va sifati buziladi
Quyoshda saqlangan ichimliklar nafaqat foydasiz, balki og‘izda achchiq ta’m qoldiruvchi bo‘lib qoladi.
Eslab qoling!
✅ Ichimliklarni haroratdan himoyalangan joyda saqlang.
✅ Do‘konlarda yoki ko‘chalarda quyoshda qizib turgan ichimliklarni xarid qilmang.
✅ Ochilgan ichimlikni tezda iste'mol qiling yoki muzlatkichda saqlang.
Chanqog‘ingizni qondiramiz deb, sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘ymang!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati