"Eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi topshiriq va ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Bugun, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi boshlig‘i Dilnoza Ahmedova tomonidan tumanda joylashgan “AZIYA KANDI” qandolat mahsulotlari (saqich) ishlab chiqarish korxonasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur korxona tomonidan hozirgi kunda shakarsiz saqich mahsulotini Turkiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalariga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahsulot sifati va gigiyenik xavfsizligi bo‘yicha tegishli talablar asosida faoliyat olib borilmoqda.
O‘rganish davomida korxona rahbari bilan suhbat o‘tkazilib, unda “AZIYA KANDI” korxonasining mavjud eksport salohiyati, kelgusidagi rejalar, ayniqsa eksport geografiyasini yanada kengaytirish borasidagi maqsadlar muhokama qilindi.
Mutaxassislar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari, sanitariya-gigiyenik sharoitlar, xom-ashyo sifati va tayyor mahsulotlarning saqlanishi bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday amaliy o‘rganishlar eksportga yo‘naltirilgan mahalliy korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish, ularning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirish va sifatli mahsulot yetkazib berishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati