Bosh sahifa / Bozordagi savdo rastalari nazoratdan o'tkazildi

Bozordagi savdo rastalari nazoratdan o'tkazildi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo'limi xodimlari tomonidan  tumanda joylashgan "Askiya" dehqon bozorida va bozor hududida joylashgan savdo obyektlarida o'rganish ishlari olib borildi. Mahsulotlarning saqlash qoidalarining talab darajasida ega ekanligiga, saqlash muddati o'tgan mahsulotlarning yo'qligiga, sotuvchilarning maxsus kiyimlarda bo'lishiga e'tibor berildi. 

O'rganishlar natijasida isteʼmolga yaroqsiz 21kg banan ,2kg olma bundan tashqari, tovuq rastalarida sotilayotgan tovuq qiymasi va tovuq a'zolari sifatsiz deb topildi. Mahsulotlar tegishli tartibda yoʻq  qilindi.

Eslatib oʻtamiz, uy sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan  mahsulotlarini iste'mol qilish oqibatida aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatilishi mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


7-07-2025, 08:54
Ortga qaytish