Bosh sahifa / Sifati buzilgan mahsulotlarni yo’q qilish choralari ko’rildi

Sifati buzilgan mahsulotlarni yo’q qilish choralari ko’rildi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi tomonidan Mirobod dehqon bozori hududida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida iste’molga yaroqsiz va muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari aniqlanib, savdodan chetlashtirildi.

Xususan, organoleptik tovar ko‘rinish xususiyatlarini yo‘qotgan, iste’molga yaroqsiz 9 kg yorma mahsuloti hamda 6 kg quyultirilgan sut mahsuloti aniqlanib, joyida savdo rastasidan olib tashlandi va utilizatsiya qilindi.

Shuningdek, “Oltinko’l” hamda “Navro’z” mahallasida joylashgan oziq-ovqat do’konlarida muddati o‘tgan 2 dona smetana, sifati kafolatlanmagan 4 kg lag‘mon va 1 kg somsa xamiri, 8 kg tovuq go‘shti, iste’molga yaroqsiz 2 kg shaftoli, 9 kg o‘rik, 8 kg uzum, 5 kg shaftoli, 5 kg bodring, 6 kg sabzi, 3 kg kabachki mahsulotlari hamda 4 dona non mahsuloti savdodan olib tashlandi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


7-07-2025, 08:52
Ortga qaytish