Bosh sahifa / Aholi bilan sog‘lom turmush sari muhim uchrashuv! 

Aholi bilan sog‘lom turmush sari muhim uchrashuv! 

Sergeli tumanining "O‘zgarish" hamda Uchtepa tumanining "Hojiobod" mahallasi markazida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli hamda Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari ishtirokida mahallabay ishlash tizimi doirasida fuqarolar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

 Uchrashuvda quyidagi masalalarga:

Mahallani orasta va pok saqlash;
Xonadonlarda gigiyena qoidalariga amal qilish;
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
To‘g‘ri ovqatlanish va sifatli oziq-ovqat tanlash;
Toza ichimlik suvini iste’mol qilish;
Botulizm, ovqatdan zaharlanish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish;
Virusli gepatit A, qizamiq, meningitga qarshi emlash muhimligiga  alohida e’tibor qaratildi.

📚 Tadbir yakunida ishtirokchilarga yuqumli kasalliklardan himoyalanish bo‘yicha targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


2-07-2025, 16:26
Ortga qaytish