Bosh sahifa / Korxonada sanitariya talablariga zid holatlar aniqlandi

Korxonada sanitariya talablariga zid holatlar aniqlandi

Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi rahbari Olim Anvarov boshchiligida mutaxassislar tomonidan Viqor mahallasida joylashgan “Fizze-Milk” MCHJ faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish ishlari davomida korxona tomonidan sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga to‘liq rioya qilinmayotgani aniqlandi. 

Jumladan:

➖Ishchi xodimlar uchun maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmagan;
➖Korxona binosi ta’mirtalab holatda bo‘lib, ish sharoiti gigiyena talablariga javob bermaydi;
➖Dezinfeksiya tadbirlari olib borilmagan, bu esa sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Aniqlangan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, korxona rahbariyatiga kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


2-07-2025, 16:23
Ortga qaytish