Bosh sahifa / Sanitariya talablari asosida nazorat tadbirlari davom etmoqda

Sanitariya talablari asosida nazorat tadbirlari davom etmoqda

Yunusobod tumani 9-mavzedagi avtobus bekatida joylashgan "Fly Food" donali taom tayyorlash obyektida yo‘lovchilar harakatlanish qismiga stol-stullar va muzqaymoq frezeri olib chiqilib, savdo faoliyati amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Bu kabi holatlar sanitariya qoidalariga mutlaqo zid bo'lib, yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘diradi. Shuningdek, bekat atrofida tartibsizlik va to‘planishni keltirib chiqaradi.

Yunusobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan holat bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilib, hudud tartibga keltirildi, bekat atrofi tozalanib, noqonuniy jihozlar olib tashlandi.

Korxona rahbariga qonunchilik doirasida, sanitariya-epidemiologik talablarni buzmagan holda faoliyat yuritish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Jamoat joylaridagi tozalik va xavfsizlik — umumiy mas'uliyatdir!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


1-07-2025, 09:35
Ortga qaytish