Bosh sahifa / OFTOB URISHI — QUYOSH NURI NAFAQAT FOYDA, BALKI XAVF HAM!

OFTOB URISHI — QUYOSH NURI NAFAQAT FOYDA, BALKI XAVF HAM!

Yozning jazirama kunlarida uzoq vaqt quyosh ostida yurish oftob urishiga olib kelishi mumkin. Bu holat juda jiddiy bo‘lib, tezkor yordam ko‘rsatilmasa sog‘liq uchun xavfli oqibatlarga olib keladi.

❓Oftob urishi nima?

Bu – organizm haddan tashqari qizib ketishi natijasida yuzaga keladigan holat bo‘lib, ayniqsa bosh miyada qizib ketish, suvsizlanish va issiqlik urishi bilan bog‘liq.

🧠 Asosiy belgilari:

🔥 Bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi;
🤒 Yuqori tana harorati (38–41°C gacha);
😵 Holsizlik, hushdan ketish;
💦 Terining qurib qolishi yoki haddan ortiq terlash;
❤️‍🔥 Yurak urishining tezlashuvi;
🤢 Ko‘ngil aynishi, qayt qilish.

🆘 Nima qilish kerak?

🧊 Zudlik bilan salqin joyga  boring;
👕 Issiq kiyimlarini yeching;
💧 Ko‘p suyuqlik ichiring (sovuq, ammo muzdek bo‘lmasin!);
🧴 Salqin kompress qo‘ying (peshona, bo‘yin, qo‘ltiq ostiga);
 📞 Agar holat og‘ir bo‘lsa, tez yordam chaqiring.


🚫 NIMA QILMASLIK KERAK:

❌ Tanadan muzdek suv quyish;
❌ Spirtli ichimliklar ichirish;
❌ Quyosh ostida qoldirish.


🔰 Oftob urishining oldini olish yo‘llari:

🧢 Shlyapa, kepka yoki soyabon taqib yurish;

🕶 Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish;

💦 Ko‘p suyuqlik ichish;

⏰ Quyosh nuri eng kuchli bo‘lgan 11:00–16:00 oralig‘ida ko‘chaga chiqmaslik;

👕 Yengil, havo o‘tkazuvchi kiyimlar kiyish lozim.

📣 Eslatma: Bolalar, keksa yoshdagilar va yurak-qon tomir kasalligi bor odamlar ko‘proq xavf ostida! Ularni albatta asrang! 

👨‍⚕️ Sog‘lom turmush tarzi – eng yaxshi profilakika!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


1-07-2025, 09:27
Ortga qaytish