❓Bezgakning asosiy belgilari qanday?
🌡 Yuksak harorat (38-41°C);
❄️ Qaltirash va titroq;
🤕 Bosh og‘rig‘i;
💪 Mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riq;
🤢 Ko‘ngil aynishi, qusish;
😵 Hushdan ketish (og‘ir holatlarda).
🛡 Kasallikdan qanday saqlanish mumkin?
1️⃣Chivin chaqishidan himoyalaning:
🛏 Tunda chivin to‘ri ishlating;
🌃 Ochiq joylarda ko‘p yurmaslikka harakat qiling;
🧴 Maxsus repellent (chivinlarga qarshi vosita) surtib yuring.
2️⃣Chivinlar ko‘payishini nazorat qiling:
🚫 Suv to‘planadigan joylarni quriting;
🌿 Uy atrofini tozalang, begona o‘tlarni yo‘q qiling;
3️⃣Dori vositalari bilan himoyalaning:
💊 Bezgak xavfi bor hududga borayotgan bo‘lsangiz, shifokor tavsiyasiga amal qilib profilaktik dori vositalari iching.
Esda tuting, bezgak – davosi bor, lekin beparvolik qimmatga tushishi mumkin! Sog‘liqni saqlang, chivinlardan himoyalaning – bezgakdan yiroq bo‘ling!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati