Bosh sahifa / Yaroqlilik muddati o'tgan salqin ichimliklar savdodan olindi

Yaroqlilik muddati o'tgan salqin ichimliklar savdodan olindi

Navbatdagi o'rganishlar davomida 33 litr yaroqlilik muddati o'tgan, iste'molga yaroqsiz har xil turdagi salqin ichimliklar savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.  

Qayd etish kerakki, ushbu holat bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish arayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


21-04-2025, 11:47
Ortga qaytish