Bosh sahifa / Non mahsulotining tashilishi bo'yicha o'rganish ishlari o'tkazildi 

Non mahsulotining tashilishi bo'yicha o'rganish ishlari o'tkazildi 

Sergeli tumani bo'limi tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo do'konlariga, ta'lim tashkilotlari oshxonalariga non mahsulotini qay tarzda va qanday avtomobillarda keltirilayotgani o'rganildi. 

O'rganish davomida Sergeli 4-mavzeda joylashgan qolipli non ishlab chiqarish korxonasidan savdo do'konlariga nonlar maxsus transport vositalarida emas, balki umumiy qo'llanishdagi DAMAS rusumli avtomobillarda tashib keltirilayotgani kuzatildi. Non mahsulotining usti ochiq holatda sanitariya-gigiyena talablariga xilof ravishda kuzov poliga taxlab keltirilayotgani aniqlandi. Eng achinarlisi ushbu avtomobillarni doimiy tozalash va dezinfeksiya ishlari o'tkazilmayotgani ma'lum bo'ldi.

Natijada non ishlab chiqarish korxonasi mutasaddilariga non mahsulotini maxsus transport  vositalarida sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq tashish yuzasidan ko'rsatma va tavsiyalar berildi. Savdo do'konlari va ta'lim tashkilotlari rahbarlariga non mahsulotini keltirilishiga qo'yiladigan sanitariya-gigiyena talablarini kuchaytirish va doimiy nazoratini olib borish ko'rsatmalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


21-04-2025, 11:46
Ortga qaytish