Ob-havo isishi bilan ichak infeksiyalari xavfi ham oshadi! O‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘lig‘i uchun quyidagilarga amal qiling:
1️⃣Toza suv iste’mol qiling
🚰 Faqat qaynatilgan yoki filtrlangan suvni iching!
💧 Ko‘chalarda ochiq sotilayotgan salqin ichimliklardan ehtiyot bo‘ling.
2️⃣Qo‘llarni to‘g‘ri yuvishni odat qiling
✋ Ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin sovun bilan kamida 20 soniya yuvish zarur!
🧼 Ayniqsa, bolalarga qo‘l yuvish madaniyatini o‘rgating.
3️⃣Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qiling
🍎 Chuchuk suvda yuvilgan, kerak bo‘lsa pishirilgan mahsulotlardan foydalaning.
🥒 Erkin bozorlarda ifloslangan mahsulotlarga ehtiyot bo‘ling.
4️⃣Faoliyat yuritayotgan ovqatlanish joylarida gigiyenaga e’tibor bering
🍽️ Tashrif buyurayotgan oshxonalar, choyxonalar va kafelarning sanitariya holatini kuzating.
5️⃣Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlardan voz keching
🧃 Issiqda tez buziluvchi mahsulotlar: kolbasa, salat, sutli mahsulotlar ayniqsa xavfli!
6️⃣Harorat, diareya (ich ketishi), qusish kabi belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling
⚠️ O‘zingizni uy sharoitida davolamang! Ichak kasalliklari tezda suvsizlanishga olib kelishi mumkin.
‼️Aksariyat o‘tkir ichak infeksiyalari (dizenteriya, salmonellyoz, virusli gepatit A, rotavirus) "iflos qo‘l kasalliklari" hisoblanadi.
Demak, profilaktika – bu oddiy tozalik qoidalariga rioya qilishdir!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati