Bosh sahifa / Noma’lum sharoitda tayyorlangan 20 kg qiyma go‘shti belgilangan tartibda yo‘q qilindi

Noma’lum sharoitda tayyorlangan 20 kg qiyma go‘shti belgilangan tartibda yo‘q qilindi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida tuman hududidagi "Beshqo'rg'on" MCHJ ga qarashli Munis bozorlarida navbatdagi sanitariya targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi. 

Natijada noma’lum uy sharoitida tayyorlangan, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, iste’molga yaroqsiz 20 kg qiyma go‘shti aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi hamda sanitariya qoidalariga muvofiq, mazkur qiyma go‘shti yo‘q qilindi. 

Iste'molchilarni oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda faqatgina ruxsat etilgan savdo nuqtalari va sertifikatlangan ishlab chiqaruvchilardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.  Noma’lum joydan mahsulotlarni xarid qilish salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini eslatib o'tamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


22-04-2025, 11:44
Ortga qaytish