Bosh sahifa / Maktab oshxonalarining sanitariya qoidalariga muvofiq faoliyat olib borilishi bo'yicha o'rganish o'tkazildi

Maktab oshxonalarining sanitariya qoidalariga muvofiq faoliyat olib borilishi bo'yicha o'rganish o'tkazildi

Bugungi kunda bolalarning xavfsiz va sog'lom ovqatlanishini tashkil etish hamda ommaviy ovqatdan zaharlanishni oldini olish borasida ta'lim tashkilotlariga juda katta e'tibor qaratilgan, shuningdek, mas'ul tashkilotlarga keng ko'lamli vazifa va topshiriqlar ijrosi yuklatilgan bo'lib, qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani barchamizga sir emas.

Shu bois Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan  tumanda joylashgan 158-sonli hamda 175-sonli maktab oshxonalarida belgilangan topshiriqlar asosida profilaktik nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

Tekshiruv davomida:

➖Sanitariya qoida va me'yorlari va gigiyena normativlariga mosligi;
➖oqava suv tarmog'i markaziy tarmoqqa ulanganligi;
➖xonalarning yoritilganlik holati;
➖ta'mirlanganligi, sanitar texnik holati;
➖texnologik jihozlar va sovutgichlar bilan ta'minlaganligi;
➖ishlov berish stollari, taxtakachlar, pichoqlar va boshqa ish qurollari bilan ta'minlanganligi va alohidalanganligi;
➖taom tayyorlash idishlarining yetarliligi va tozalik holati;
➖taomnomaning mavjudligi va unga rioya qilinganligi;
➖taqiqlangan taomlar va mahsulotlar sotuvi;
➖ishchi xodimlarning tibbiy ko'rikdan o'tganligi va maxsus ust-bosh kiyimlar bilan ta'minlanganligi;
➖profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o'tkazish uchun tuzilgan shartnoma va uning amal qilish muddatlari bo'yicha to'liq nazorat olib borildi.

O'rganishlar natijasida yuzaga kelgan kamchiliklar bo'yicha mas'ullarga tushuntirish berildi va sanitariya targ'ibot ishlari davom ettirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


17-04-2025, 14:49
Ortga qaytish