Bosh sahifa / Sifat ko'rsatkichlari buzilgan mahsulot savdosi cheklandi

Sifat ko'rsatkichlari buzilgan mahsulot savdosi cheklandi

Xalqimiz salomatligini saqlashning eng muhim vazifalaridan biri, oziq-ovqat xavfsizligini doimiy nazorat qilib borishdir.  

Bu borada Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo'limi mutaxassislari, Veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda Farhod dehqon bozorida nazorat tadbirlari o'tkazadi.

Bugungi nazorat tadbirida fuqarolar tomonidan  tayyorlangan mahsulot haqida ma'lumotnomasi bo'lmagan, noma'lum sharoitda, ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya etmagan holda tayyorlangan 12 kg xonim mahsuloti aniqlanib, tegishli tartibda yo'q qilindi.  

Ko‘rilayotgan choralarning barchasi xalqimiz salomatligini muhofaza qilishga qaratilganligini inobatga olib, shahrimiz fuqarolaridan shuni so‘rab qolamizki, sifat sertifikati bo‘lmagan, tez aynuvchi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish hamda tanavvul qilishdan oldin uning oqibati qanday holatlarga olib kelishi, vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, insonning vafot etishigaga olib kelishi mumkinligini anglab yetishlarini so‘rab qolamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


14-04-2025, 15:43
Ortga qaytish