Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani bo'limiga "NOVOTEK" MChJ`ga qarashli farmasevtika korxonasidan kelib tushgan murojaat bo'yicha bojxona omborida saqlanayotgan, yaroqlilik muddati 2025 yilning may oyigacha bo'lgan 5 880 qadoq dori vositalarini maxsus komissiya tomonidan yo'q qilinishi jarayonida ishtirok etildi.
Yaroqsiz dori vositalarini yo'q qilinish jarayoni Toshkent viloyati, Keles tumani hududida joylashgan "CLEAN MED UTILIZATION" MCHJ`ga qarashli kuydirish pechida maxsus komissiya ishtirokida olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati