Oziq-ovqat xavfsizligi — bu oziq-ovqat mahsulotlari tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklar va sog‘liq uchun zararli holatlarning oldini olish maqsadida ularni ishlab chiqarish, saqlash, tayyorlash hamda iste’mol qilish jarayonida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi demakdir.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Mirobod dehqon bozorida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida sifati buzilgan, iste’molga yaroqsiz mahsulotlar savdosi aniqlanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan:
➖90 ta tuxum;
➖50 kg apelsin;
➖40 kg mandarin;
➖10 kg gulkaram;
➖10 kg baqlajon;
➖8 kg olma;
➖7 kg lavlagi;
➖5 kg nok;
➖5 kg ko’kat mahsulotlari savdodan olib tashlanib, belgilangan tartibda yo'q qilindi.
Eslatma: Iste’molchilardan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda ularning sifatiga, saqlanish muddati va holatiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati