Aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish va o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olishda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, isteʼmolga yaroqlilik holati, to‘g‘ri saqlanishi ham katta ahamiyatga egadir. Shu sababli iste’molchilardan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda ularning sifatiga, saqlanish muddati va holatiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz.
Shu sababli aholi o‘rtasida sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida faoliyat yuritayotgan bir qator oziq-ovqat do'konlarining sanitariya holatini o'rganish va mahsulotlarning sifatini monitoringdan o'tkazish ishlari amalga oshirildi.
O'tkazilgan o'rganishlar natijasida zaharlanishga sabab bo'luvchi, organoleptik xususiyatlarini yo'qotgan hamda iste'molga yaroqsiz deb topilgan:
➖800 gr miqdorda qaymoq;
➖4 kg lag'mon xamiri;
➖ 0,5 kg brinza;
➖ 3 kg suzma;
➖1 kg kolbasa mahsulotlari savdosi aniqlandi va ushbu mahsulotlar joyida savdodan olinib, yo'q qilish choralari ko'rildi.
Mazkur holat yuzasidan sotuvchilarga ogohlantiruvchi sanitariya targ'ibot ishlari olib borilib, tushuntirish berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati