Bosh sahifa / JIDDIY XAVF: SALMONELLYOZDAN QANDAY SAQLANISH MUMKIN?

JIDDIY XAVF: SALMONELLYOZDAN QANDAY SAQLANISH MUMKIN?

Issiq kunlarda salqin ichimlik, ko‘cha taomlari va muzqaymoqni ko‘proq iste’mol qilamiz. Ammo bu mahsulotlar noto‘g‘ri iste’mol qilinsa, Salmonellyoz deb ataladigan xavfli kasallikka olib kelishi mumkin!

❓Bu qanday bakteriya?

Salmonellyoz – Salmonella bakteriyasi chaqiradigan o‘tkir ichak infeksiyasi. Ko‘pincha ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi.

‼️Salmonellyozning asosiy BELGILARI:

1️⃣Qattiq ich ketishi – kuniga bir necha marta, ba’zida qon aralash bo‘lishi mumkin.

2️⃣Qorin og‘rig‘i – ayniqsa kindik atrofi va pastki qismda.

3️⃣Ko‘ngil aynishi va qusish – organizm zaharlanishidan darak.

4️⃣Yuqori harorat (38–40°C) – tananing infeksiyaga javobi.

5️⃣Bosh og‘rig‘i, holsizlik – suvsizlanish va umumiy zaiflik belgisi.

6️⃣Bolalarda xavfli darajadagi suvsizlanish – diqqat bilan kuzating!

❓Qanday saqlanish mumkin?

✅Tuxum va go‘sht mahsulotlarini to‘liq pishiring;

✅Xom sabzavot va mevalarni yaxshilab yuvib, iloji bo‘lsa qaynagan suvda chaying;

✅Qo‘l gigiyenasiga amal qiling – ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin;

✅Ko‘chadan sotib olinadigan muzqaymoq, salqin ichimlik va tayyor taomlardan ehtiyot bo‘ling;

✅Sovutgichda saqlanishi kerak bo‘lgan mahsulotlarni issiqda tashlab qo‘ymang;

✅Xom sut yoki pishmagan tuxumli mahsulotlarni bolalarga bermang.

✅Salmonellyozni uy sharoitida davolash xavfli bo‘lishi mumkin! Belgilar paydo bo‘lishi bilan shifokorga murojaat qiling!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


11-04-2025, 15:27
Ortga qaytish