Sanepidqo‘mita Sergeli tumani bo'limi, tuman ichki ishlar bo'limi, bozor ma'muriyati, Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan nazorat reydida savdodagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizlik kafolatlati, mahsulotlarni ishlab chiqarish sanasi va saqlash muddatlari aks etgan yorliqlari, mahsulotlarni organoleptik xususiyatlari va saqlash sharoitlari ko'zdan kechirilib, sifatsiz, noma'lum sharoitlarda tayyorlangan mahsulotlar tekshiruvdan o'tkazildi.
Tadbir natijasida:
➖15 kg kolbasa;
➖13 kg pishloq;
➖2 litr qatiq;
➖20 kg banan;
➖7 kg nok iste'molga yaroqsiz deb topilib, o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
✅Tadbirkorlar bilan ovqatdan zaharlanish, yuqumli ichak kasalliklarini kelib chiqishini oldini chora-tadbirlari to'g'risida tushuntirish ishlari o'tkazilib, qonun doirasida ogohlantirish berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati