Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Yorqinhayot" mahallasida joylashgan noqonuniy savdo yuzasidan tushgan murojaat o‘rganildi. Murojaatda mazkur hududda sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan sharoitda kabob va somsa mahsulotlarining noqonuniy ko‘cha savdosi amalga oshirilayotgani, uning oqibatida atmosferaga gaz va tutun tarqayotganligi haqida shikoyat bildirilgan.
Tegishli o‘rganish ishlari natijasida noqonuniy ko‘cha savdosi aniqlanib, u bartaraf etildi.
O‘rganish natijasida amalga oshirilgan ishlar:
✅ Sanitariya talablariga javob bermaydigan noqonuniy ko‘cha savdosi faoliyati to‘xtatildi.
✅ Qonunbuzarlik bo‘yicha rasmiy dalolatnoma rasmiylashtirildi.
✅ Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish uchun belgilangan ruxsatnomalar va hujjatlar talab qilindi.
✅ Hudud sanitariya normalariga muvofiq tozalanib, dezinfeksiya ishlari olib borildi.
✅ Aholiga rasmiy tarzda faoliyat yurituvchi savdo shoxobchalaridan foydalanish tavsiya etildi.
✅ Fuqaroga sanitariya va epidemiologiya talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Unutmang!
🔹 Noqonuniy ko‘cha savdosi nafaqat sanitariya talablariga javob bermaydi, balki iste’molchilar salomatligi uchun ham xavf tug‘diradi.
🔹 Faqat rasmiy tartibda faoliyat yuritayotgan savdo shoxobchalaridan mahsulot xarid qilish tavsiya etiladi.
🔹 Hududning tozaligi va sanitariya talablariga rioya etilishi barchamizning salomatligimiz uchun muhimdir.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati