☀️ Kun issig'ida odam chanqaydi. Ayniqsa, ko‘cha-ko‘yda, bozor yoki bekatlarda arzon narxda sotilayotgan, rangi yorqin, xushbo‘y salqin ichimliklarni ko‘rgan odam darrov og‘ziga suv keladi. Ammo siz bilasizmi?
❌ Gigiyena talablariga amal qilinmaydi:
🍹Ichimliklar qanday suvdan tayyorlangani noma'lum. Ba’zida vodoprovod suvi yoki ochiq manbalardan olingan suv ishlatiladi. Qo‘llar, idishlar, aralashtirgichlar toza emas, bu esa mikroblar tarqalishiga sabab bo‘ladi.
❌ Saqlash sharoiti – xavfli:
🦠Ichimliklar quyosh ostida yoki iflos muhitda saqlanadi. Ichidagi moddalar tez buziladi, ayniydi. Bu esa ichak infeksiyalari va ovqatdan zaharlanishga olib keladi.
❌ Tarkibi noma’lum:
🍷Ko‘p hollarda bu ichimliklar sun’iy, sog‘liq uchun zararli bo‘lgan rang beruvchi va ta’m beruvchi moddalar bilan tayyorlanadi. Ular allergik reaksiya, teri toshmalari, oshqozon-ichak muammolari va hatto jiddiy zaharlanishlarni keltirib chiqaradi.
❌ Bolalar uchun ayniqsa xavfli:
🥤Farzandlaringizning immuniteti zaif bo‘lganligi sababli, bu turdagi ichimliklar ularning sog‘lig‘iga og‘ir zarba berishi mumkin.
❓Bunday holatlarda qanday yo'l tutgan ma'qul?
✔️ Faqat do‘konda sotiladigan, ishlab chiqaruvchisi ma’lum bo‘lgan, sertifikatlangan ichimliklarni tanlang;
✔️ Yorlig‘ini, muddati va tarkibini diqqat bilan o‘qing;
✔️ Noma’lum, ko‘chada sotilayotgan ichimliklardan saqlaning;
✔️ Ota-ona sifatida bolalaringizni ogohlantiring – ular salomatligini tushunmaydi, ammo siz tushunasiz!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati