Bosh sahifa / Gelmintoz kasalligini aniqlash maqsadida surtmalar olindi

Gelmintoz kasalligini aniqlash maqsadida surtmalar olindi

Gijjalar inson organizmiga parazit tuxumlarini iste'mol qilish orqali tushishi mumkin. Parazitlarning tuxumlari kir narsalarga tegilganda, tirnoqlarni tishlaganda, chala yuvilgan meva va sabzavotlarni yoki chala pishirilgan go'sht va baliq mahsulotlarini iste'mol qilganda odam organizmiga tushishi mumkin, shuningdek, gijjalar uy hayvonlaridan ham yuqishi mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan  26-sonli  maktabgacha ta'lim tashkilotida gelmintoz kasalligi, ya'ni gijja  tuxumlarini aniqlash maqsadida tashqi muhit anjomlaridan surtmalar olindi.
 
Surtmalar asosan bolalar yotog'idan, qo'l yuvish uchun mo'ljallangan chanoqlardan va bolalar ovqatlanishi uchun mo'ljallangan stollardan olinib, tuman laboratoriyasiga tekshirish maqsadida olib kelindi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


27-03-2025, 15:21
Ortga qaytish