Aviasozlar dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida noma'lum uy sharoitida tayyorlangan, iste'mol uchun xavfli bo'lgan 10,6 kg qiyma, 7,6 kg tovuq, 11 kg qandolat, 6 kg baliq, 3 kg kolbasa, 20 kg holva, 3 litr konserva mahsulotlari savdodan olindi.
Qayd etish kerakki, ushbu holat bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati