Bosh sahifa / Bozorlarda iste’molga yaroqsiz mahsulotlar savdosi aniqlandi

Bozorlarda iste’molga yaroqsiz mahsulotlar savdosi aniqlandi

Qo‘yliq hamda Food City dehqon bozorlarida o'tkazilgan o'rganish va oziq-ovqat mahsulotlariga berilgan xulosalarni monitoring qilishi natijasida organoleptik xususiyatini yo'qotgan, iste’molga yaroqsiz 55 kg limon, 60 kg suzma, 10 litr auron va 30 litr sut mahsulotlari savdodan oldirilib, o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi. 

Ushbu nazorat tadbirlari Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi xodimlari tomonidan amalga oshirildi va bozorlarining sanitariya holati, rastalardagi mahsulotlarning laboratoriya tekshiruvidan o'tganligi, atrof-muhit tozaligi o'rganildi. 

Shuningdek, go’sht va go’sht mahsulotlari, salat mahsulotlari, sut va sut mahsulotlariga berilgan xulosalar, sotuvchilarning maxsus ust-bosh kiyimlar bilan ta’minlanishi nazoratga olindi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


24-03-2025, 16:04
Ortga qaytish