Bosh sahifa /  Savdo nuqtasida sifatsiz mahsulotlar savdodan chetlatildi

 Savdo nuqtasida sifatsiz mahsulotlar savdodan chetlatildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Binokor" mahallasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O'rganishlar jarayonida mahsulotlarning sifati, ularning saqlash sharoitlari, yaroqlilik muddati, savdo nuqtasining umumiy sanitariya holati o‘rganildi. Natijada 7 kg noma’lum sharoitida tayyorlangan tuzlama va salatlar savdodan chetlatilib, brakeraj qilindi.

Mutaxassislar do‘kon egasi va xodimlariga gigiyena qoidalariga rioya qilish, mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash hamda iste’molchilarga xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, sanitariya talablari asosida savdo nuqtalarida muntazam dezinfeksiya ishlarini olib borish zarurligi tushuntirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


25-03-2025, 16:00
Ortga qaytish