Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida bugun bojxona organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 132 180 quti tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi.
Mazkur jarayonda bir qator nazorat organlari:
✅ Bojxona xizmati;
✅ Prokuratura;
✅ Majburiy ijro byurosi (MIB);
✅ Ekologiya qo‘mitasi;
✅ Sanepidqo'mitaning hududiy bo'lim xodimlari ham ishtirok etdi.
Tamaki mahsulotlarining utilizatsiyasi belgilangan sanitariya va ekologik talablar asosida amalga oshirilib, atrof-muhit va jamoat salomatligi hamda xavfsizligini ta’minlashga qaratildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati