Xalqimizning ming yillik urf-odat va anʼanalarini saqlab qolish va milliylikni keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahar hokimining tegishli qarori asosida haftaning har juma kuni "Milliy liboslar kuni" deb belgilangan.
✅Shu sababli bugun Sanepidqomita Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari ham "Milliy liboslar kuni"da faol qatnashdilar.
🔰Xodimlar o‘rtasida milliylikni targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan eʼlon qilingan "Milliy libos barchaga yarashadi" shiori ostidagi "Milliy trend chellenji" bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati