Bosh sahifa / Aholidan tushgan murojaat bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi

Aholidan tushgan murojaat bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani  bo‘limi sanitariya bo'linmasi xodimlari tomonidan Kichik Beshyog'och ko'chasida yashovchi fuqaroning xonadoniga yaqin joylashgan tungi klubdan baland shovqin kelishi haqidagi murojaati o'rganib chiqlidi. 

✅Xonadonda maxsus asbob-uskunalar yordamida tungi klubdan keluvchi shovqin darajasi aniqlandi va ruxsat etilgan me'yordan baland ekanligi aniqlandi. 

✅Aniqlangan natijalar bo'yicha tungi klub rahbariga ogohlantirish berildi va ish faoliyati vaqtincha to'xtatildi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


3-03-2025, 16:17
Ortga qaytish