Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida xodimlar ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi. Bugungi "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda so'nggi kunlarda bo'layotgan islohotlar va o'zgarishlar, xususan, Yoshlar forumi, davlat xizmatchilarining etikasi va hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida o'tkazildi.
‼️Ayni shu maqsadda muntazam ravishda haftaning har juma kuni tashkil qilinayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida o'tkazildi.
✅Bo‘limi xodimlari bugungi siyosat soati davomida dastlab hafta davomida yurtimiz va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqealar, xususan, davlat rahbarining hafta davomida yurtimiz va uzoq-yaqin qo‘shni davlatlarga, xususan, Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri bilan o‘zaro siyosiy-iqtisodiy hayotiga oid manfaatli aloqalarga doir ma’lumotlar bilan tanishdilar.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati