Kasaba uyushmasining maqsadi o‘z tashkiloti a’zolarining mehnat sohasidagi huquq va manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi, tarmoq kasaba uyushmasi harakatining birligi va birdamligini mustahkamlaydi.
Shuningdek, Kasaba uyushmasining majburiyatlariga:
➖kasaba uyushmasi pul mablag‘lari hamda mol-mulkini maqsadli sarflanishini ta’minlash;
➖o‘z faoliyatida moliyaviy intizomga qat’iy amal qilishi, o‘z a’zolari oldida faoliyati bo‘yicha hisobdorlik, kasaba uyushmasi a’zolariga o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlash;
➖o‘z faoliyatini ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash ishlari kiritilgan.

✅Shu maqsadda, bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasida Boshqarma Kasaba uyushmasining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etdi. Dastlab Boshqarma Kasaba uyushmasining hisoboti tinglandi.
✅Yig‘ilish so‘ngida Boshqarma xodimlari tomonidan bir ovozdan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va a’zolari saylandi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati