Bosh sahifa / Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

Hurmatli yurtdoshlar!

Siz, azizlarni, moʻmin-musulmonlar uchun qutlugʻ va fayzli bo‘lgan Ramazon oyining boshlanishi munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!

Ramazon oyi – ezgulik, sabr-qanoat, mehr-oqibat va saxovat ayyomi bo‘lib, insonlarni poklanish, ma’naviy kamol topish va o‘zaro hamjihatlik ruhida yashashga undaydi. Ushbu mo‘tabar kunlarda xalqimiz o‘rtasida bag‘rikenglik, mehr-oqibat va hamjihatlik kabi yuksak qadriyatlar yanada mustahkamlanishiga ishonamiz.

Shu bilan birga, barchamiz ushbu muborak oyda salomatligimizga alohida e’tibor qaratishimiz, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi sifatida siz, aziz yurtdoshlarimizning sog‘lig‘ini saqlash yo‘lida doimiy xizmat qilishga tayyormiz.

Ushbu fazilatli oy barchamizga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik olib kelishini, yurtdoshlarimizning duolari ijobat bo‘lishini tilayman. Ramazon oyida qiladigan ibodat va ezgu amallaringiz qabul bo‘lsin!

Malika Kudratxodjayeva,

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i


1-03-2025, 17:14
Ortga qaytish