Aholiga sifatli xizmat ko'rsatish, ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, yangi-tartib qoidalar ishlab chiqarilmoqda. Qonun osti hujjatlariga ko'ra, belgilanmagan joylarda o'zboshimchalik bilan o'rnatilgan barcha turdagi qurilmalar, tandirlar joyidan oldirilishi yuzasidan qat'iy nazorat tadbirlari joriy etildi.
Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mudiri Moxira Ahmedova hamda bo'lim mas'ullari ishtirokida tumandagi Bektemir shoh ko‘chasi bo‘ylab tartibga keltirish tadbirlarida faol ishtirok etib, fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan tashkil etilgan noqonuniy qurilmalar joyidan oldirildi va savdosi to‘xtatildi.
Shoh ko‘chalarda noqonuniy tarzda somsa, non va kabob kabi oziq-ovqat mahsulotlarini pishirib sotish kabi savdo nuqtalariga aylantirgan va chiqindilar bilan to'ldirgan shaxslarga nisbatan qat'iy ogohlantirish choralari ko'rildi. Sanitariya-gigiyena qoidalariga to'liq rioya qilinishi yuzasidan targ'ibot o'tkazildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati