Aviasozlar dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida yaroqlilik muddati ko’rsatilmagan 57 kg qandolat mahsulotlari savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Qayd etish kerakki, ushbu holat bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda Yashnobod tuman bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati