Sut va sut mahsulotlari tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga kiradi. Ularni noto‘g‘ri saqlash salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Quyida sut mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha muhim tavsiyalar va sifati o‘zgargan mahsulotlarni iste’mol qilishning oqibatlari haqida ma’lumot beramiz.
❓Sut mahsulotlarini qanday saqlash kerak?
1️⃣ Sovuq harorat muhim!
🥛🧀Sut, qatiq, kefir va pishloqlarni +2...+6°C haroratda, ya’ni muzlatgichning sovuqroq qismida saqlash kerak.
🌡️Muzlatgichning eshik qismi sut saqlash uchun mos emas, chunki u tez-tez ochilib, harorat o‘zgarib turadi.
2️⃣ Toza idish va yopiq holda saqlang!
🫙Ochilgan sut yoki qatiqni asl qadoqdan boshqa toza shisha yoki plastik idishga quyib, qopqog‘ini mahkam yopish kerak.
3️⃣ Saqlash muddatiga e’tibor bering!
➖Sterilizatsiyalangan sut – ochilmagan holda 3-6 oy, ochilgandan keyin 3 kun;
➖Qatiq va kefir – 5-7 kun;
➖Tvorog (suzma) – 3-4 kun;
➖Pishloqlar – 1 haftadan 6 oygacha (turi va saqlash sharoitiga qarab).
4️⃣ Sut mahsulotlarini boshqa mahsulotlardan alohida saqlang!
🥩🦞Go‘sht, baliq yoki kuchli hidli mahsulotlar bilan yonma-yon qo‘ymang.
5️⃣ Muzlatish mumkinmi?
🍚🧈Tvorog va sariyog‘ni muzlatish mumkin, lekin suyuq sut va kefirni muzlatish tavsiya etilmaydi – ularning tuzilishi buziladi.
⚠️ Sifati o‘zgargan sut mahsulotlari qanday xavf tug‘diradi?
❌ Sifati buzilgan sut mahsulotlarini iste’mol qilish quyidagi kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin:
🔹Ovqatdan zaharlanish – ko‘ngil aynishi, ich ketishi, qorin og‘rig‘i.
🔹Ichak infeksiyalari – bakteriyalar (salmonella, listeriya va boshqalar) ko‘payishi mumkin.
🔹Toksik infeksiyalar – organizmni zaharlashi va immunitetga zarar yetkazishi mumkin.
⚠️ Sut mahsulotining buzilganini qanday aniqlash mumkin?
✅ Hidi o‘zgarsa – nordon yoki achchiq hid paydo bo‘lsa.
✅ Tuzilishi buzilsa – quyuqlashib, suyuqligi ajralib chiqsa yoki g‘ijim-g‘ijim bo‘lsa.
✅ Ta’mi o‘zgarsa – odatdagidan nordonroq yoki achchiqroq bo‘lsa.
✅ Rangi g‘alati bo‘lsa – sarg‘ayib yoki quyuqroq tusga kirsa.
‼️ MUHIM:
✅Agar sut mahsulotining sifati o‘zgargan bo‘lsa, uni iste’mol qilmang va bolalarga bermang! Eng yaxshi yo‘li – uni darhol tashlab yuborish.
✅Sog‘lig‘ingiz uchun sifatli va to‘g‘ri saqlangan mahsulotlarni iste’mol qiling!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati