Bosh sahifa / Bo‘lim xodimlari o‘rtasida “Siyosiy ma’rifat soati” o‘tkazildi 

Bo‘lim xodimlari o‘rtasida “Siyosiy ma’rifat soati” o‘tkazildi 

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan Respublikamizdagi barcha muassasa, tashkilot davlat fuqarolik xizmatchilari uchun taqdim qilinadi

Ayni shu maqsadda muntazam  ravishda haftaning har juma kuni tashkil qilinayotgan “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida  Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo'limlarida xodimlar ishtirokida "Siyosiy ma'rifat soati"  tashkil etilmoqda. 

Bo‘limi xodimlari bugungi siyosat soati davomida dastlab hafta davomida yurtimiz va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqealar xususan, davlat rahbarining hafta davomida yurtimiz va uzoq-yaqin qo‘shni davlatlarga, xususan, Yaponiya bosh vazirining maxsus maslahatchisi bilan o‘zaro siyosiy-iqtisodiy hayotiga oid manfaatli aloqalarga doir ma’lumotlar bilan tanishdilar. 
 
Shu bilan bir qatorda har juma kungi an'anaga rioya qilgan holda "Milliy liboslar" kuni ham tashkil etilib, xodimlar ishxonaga milliy liboslarda kelmoqdalar.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


21-02-2025, 13:16
Ortga qaytish