Bosh sahifa / Iste'mol uchun xavfli bo'lgan mahsulotlar savdosiga chek qo'yildi

Iste'mol uchun xavfli bo'lgan mahsulotlar savdosiga chek qo'yildi

Hech qanday hujjatsiz savdoga qo'yilgan, uy sharoitida tayyorlangan 14 kg qiyma, 23 kg lag'mon xamiri, 6,5 kg tuzlama va ikkilamchi idishlarda saqlanayotgan 24 litr miqdoridagi sut mahsulotlari savdosi aniqlandi.

Ushbu holat bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo'limi hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratotiyasi mutaxassislari tomonidan Yunusobod dehqon bozorida o'tkazilgan nazorat davomida aniqlandi. 

Iste'mol uchun yaroqsiz va xavfli bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari o'rnatilgan tartibda savdodan olinib, yo'q qilish choralari ko'rildi.

Eslatib o'tamiz, bozor rastalaridan mahsulot xarid qilayotganingizda mahsulot xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlari borligi hamda to'g'ri sharoitda saqlanayotganligiga alohida e'tibor qarating.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


22-02-2025, 13:13
Ortga qaytish