Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi bir qator maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp hamda yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlarning to'g'ri tashkil etilganligi hamda ertalabki filtrlash ishlari yuzasidan sanitariya nazorati olib borildi.
O'rganishlar davomida:
➖har kunlik ertalabki saralash bosqichlarini olib borishda maxsus moslamalarning sozligi;
➖tarbiyalanuvchilar uchun tana harorat o'lchagichlar yetarli ekanligi;
➖issiqlik tizimi soz holatdaligi;
➖zaxiradagi dori vositalarining yaroqlilik muddati;
➖sanitariya-epidemiologik dezinfeksion rejimga rioya qilinishi;
➖guruhlardagi qo'l yuvish moslamalari hamda hojatxonalarda oqava suvning doimiy soz holati va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishi kuzatuvdan o'tkazildi.

O'rganishlar davomida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida tashkilot hamshirasi va mas'ul xodimlarga zaruriy ko'rsatma va tavsiyalar berilib, ogohlantirish choralari qo'llanildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati