Ovqatdan zaharlanish va yuqumli ichak kasalliklarini oldini olish maqsadida sifat va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari savdolarini aniqlab, bartaraf etish tadbirlari muntazam ravishda o'tkazilmoqda. Belgilanmagan joylarda, noqonuniy savdo qilinayotgan sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdosi to'xtatilib, mahsulotlar brakeraj qilinmoqda.
Aynan shu kabi tadbir Yangi Sergeli ko'chasi bo'ylab olib borilganda fuqaro tomonidan sanitariya qoidalariga zid ravishda yerda savdo qilinayotgan xom va dudlangan baliq mahsuloti savdosi aniqlandi. Belgilangan tartibda savdo to'xtatilib, 21 kg xom va 8 kg dudlangan baliq mahsulotlari brakeraj qilindi. Fuqaroga sifat va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga qo‘yilgan taqiq yuzasidan tushuntirish ishlari o'tkazilib, sanitariya gigiyena talablari bo‘yicha ogohlantirish berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati