Bosh sahifa / Qizamiq kasalligini oldini olish choralari yuzasidan sanitariya targ’ibot ishlari olib borildi

Qizamiq kasalligini oldini olish choralari yuzasidan sanitariya targ’ibot ishlari olib borildi

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali ham turli virusli infeksiyalar bilan kasallanish holatlari ko'payib borayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu esa o'z vaqtida ehtiyot choralarini ko'rish, yuqumli kasalliklarga qarshi emlanish lozim ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek, kasalliklarni oldini olish borasida aholi xabardorligini oshirish ham muhim ahamiyatga ega. 

Ayni shu maqsadda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod  tuman boʻlimi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan tuman Tibbiyot birlashmasi hamda 28-oilaviy poliklinikasi tomonidan ADJU universiteti xodimlariga  "Qizamiq kasalliklarining epidemiologiyasi va uning oldini olishda emlashning ahamiyati" mavzusida hamda suvchechak, meningit, ko'kyotal, gepatit A va boshqa yuqumli kasalliklaridan himoyalanish usullari bo'yicha sanitariya targ’ibot ishlari olib borildi.

Targ'ibot tadbiri davomida ishtirokchilarning yuqumli kasalliklarni oldini olish, ulardan qoladigan asoratlar va bir qator berilgan  savollarga javoblar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


5-02-2025, 16:11
Ortga qaytish