Yuqumli kasalligini erta aniqlash va ularni oldini olish borasida maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari tomonidan tibbiy ko'rikdan o'tish ishlari nazoratdan o'tkazilmoqda.
Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan Sil kasalligi dispanserida maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari tomonidan o'pka rentgenografiyasi orqali tibbiy ko'rik tekshiruvidan o'tish bosqichlari nazoratga olindi.
To'g'ri tashxis qo'yish uchun ishtirokchilarga tekshiruv buyuriladi, unga quyidagilar kiradi:
➖tashxisdan o'tuvchi shaxs haqida kerakli ma'lumotlarni to'plash (alomatlar, yuqtirish ehtimoli, ilgari boshdan kechirgan kasalliklari);
➖klinik tekshiruv (umumiy holat baholanadi, dominant alomatlar o'rganiladi);
➖ftiziatr bilan maslahatlashish (sil kasalligini davolash bilan shug'ullanadigan mutaxassis);
➖tekshiruv paytida shifokor chap/o'ng o'pkaning nafas olish funksiyasida kechikish mavjudligini aniqlash uchun ko'krak qafasini palpatsiya qiladi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati