Bosh sahifa / Qrim-Kongo gemorragik isitmasi o'ta xavfli yuqumli kasallik

Qrim-Kongo gemorragik isitmasi o'ta xavfli yuqumli kasallik

Qrim-Kongo gemorragik isitmasi – kana chaqishi yoki infeksiyalangan hayvonlar bilan aloqa orqali yuqadigan xavfli virusli kasallikdir. Ushbu kasallikdan himoyalanish uchun quyidagi choralarni ko‘rish muhim!

Oldini olish choralarini bilasizmi?

Kana chaqishidan saqlaning:

O‘rmon va dala hududlariga borganda ochiq rangli, uzun yengli kiyimlar kiying.

Poyabzal va shim etaklarini mahkamlang, qo‘shimcha ravishda kana qarshi spreylardan foydalaning.

Kana chaqib olgan bo‘lsa:

Kanani iloji boricha tezda olib tashlang (buning uchun pinset yoki maxsus vositadan foydalaning).

Kana chaqqan joyni antiseptik bilan tozalang va shifokorga murojaat qiling.

Hayvonlar bilan ehtiyot bo‘ling:

Qoramol, qo‘y, echki va boshqa chorva mollarini muntazam tekshiring va kanalarga qarshi ishlov bering.

Qon yoki tana suyuqliklari bilan aloqa qilganda himoya qo‘lqop va niqob kiying.

Shaxsiy gigiyenaga rioya qiling:

Qo‘llarni muntazam yuvish va dezinfeksiya qilishni odat qiling.

Issiqlik bilan ishlov berilgan (pishirilgan) go‘sht va sut mahsulotlarini iste’mol qiling.

Eslatma: Qrim-Kongo gemorragik isitmasi odamdan odamga yuqishi mumkin. Agar sizda yuqori isitma, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq yoki terida qon ketish alomatlari kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!

Salomatligingizni asrang va ehtiyot choralariga amal qiling!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati



29-01-2025, 10:30
Ortga qaytish