Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo'limi mutaxassislari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda tumanda joylashgan Qoraqamish dehqon bozorining "Tansiqboyev" shoxobchasida mahsulotlar sifati yuzasidan o'rganish olib borildi.
O'rganishlar natijasida:
➖2 kg qiyma mahsuloti;
➖har biri 200 grammdan qadoqlangan 22 qadoq jami 4,4 kg uy sharoitida tayyorlangan xolodes;
➖6 ta noma'lum sharoitda tayyorlangan qazi mahsuloti iste'mol uchun yaroqsiz deb topilganli sababli o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati