Bosh sahifa / 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining bayram tabrigi

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining bayram tabrigi

Hurmatli vatan himoyachilari!

Sizlarni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklayman! Bu kun – siz kabi mard va fidoyi insonlarning jasoratini, matonatini va fidoyiligini e’zozlash bayramidir. Siz yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz bilan nafaqat oilangiz, balki butun xalqimizning iftixoriga aylangansiz.

Har biringizning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz mamlakatimiz taraqqiyotiga, fuqarolarimizning xavfsiz hayot kechirishi uchun mustahkam poydevor yaratishda alohida ahamiyat kasb etadi. Sizning yuksak mas’uliyat hissi va kuch-g‘ayratingiz butun jamiyat uchun ulkan ilhom manbaidir.
Sizga va oilalaringizga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilayman. Kelgusidagi faoliyatingizda kuch-quvvat va yangi zafarlar yor bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Malika Kudratxodjayeva,

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig'i 


14-01-2025, 08:44
Ortga qaytish