Bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish ularning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi uchun juda muhim. Quyidagi maslahatlar bolangiz uchun sog‘lom va balansli ovqatlanish tartibini shakllantirishga yordam beradi:
Ratsionni turli-tuman qiling
Bolalar uchun ovqatni turli xil foydali mahsulotlardan tashkil etish muhim:
Meva va sabzavotlar: Har kuni kamida 5 xil turdagi yangi, pishirilgan yoki muzlatilgan mevalar va sabzavotlar bering.
Donli mahsulotlar: Butun donli non, guruch, makaron va boshqa mahsulotlarni tanlang.
Oqsillar: Baliq, tovuq go‘shti, tuxum, loviya va yong‘oqlarni muntazam ravishda qo‘shing.
Sut mahsulotlari: Kaltsiy va oqsilga boy bo‘lgan sut, yogurt va pishloqni tanlang.
Shakar va tuzni cheklang
Shirin ichimliklar va shirinliklarni imkon qadar kamaytiring. Ular semizlik va tishlar buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tuz miqdorini kamaytiring va ovqatga ko‘p ziravor qo‘shmaslikka harakat qiling.
Doimiy ovqatlanish tartibini yarating
Bolalar kuniga 3 mahal asosiy ovqat va 2-3 mahal yengil gazak iste’mol qilishi kerak.
Ovqatni oilaviy muhitda iste’mol qilish bolalarning sog‘lom odatlar shakllanishiga yordam beradi.
Suvni yetarli miqdorda iste’mol qilishni o‘rgating
Shirin ichimliklar o‘rniga oddiy suv ichish odatini shakllantirish muhim. Sut va yangi siqilgan sharbatlarni ham me’yorida iste’mol qildirishingiz mumkin.
Bolani ovqat tayyorlashga jalb qiling
Bolani ovqat tayyorlash jarayoniga jalb qilish ularning ovqatlanishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va yangi taomlarni sinab ko‘rishga undaydi.
Majburlamang, balki rag‘batlantiring
Bolani ovqat iste’mol qilishga majburlamang. Buning o‘rniga, yangi mahsulotlarni o‘yin va rag‘bat orqali tanishtiring.
Fast-food va zararli oziq-ovqatdan saqlaning
Fast-food va chips kabi zararlik taomlarni cheklang. Bu sog'lom ovqatlanish uchun muhim.
‼️Eslatma: Har bir bola o‘ziga xos. Ularning ta’bi va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ovqatlanish rejasini tuzing. Agar muammolar bo‘lsa, shifokor yoki dietolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati