Bosh sahifa / Sog‘liqni saqlash tizimidagi rahbarlar uchun o‘quv kurslari tashkil etildi 

Sog‘liqni saqlash tizimidagi rahbarlar uchun o‘quv kurslari tashkil etildi 

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan Toshkent xalqaro Vestminster universitetida sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari rahbar xodimlarining davriy “Boshqaruvchilar maktabi – 2025” maxsus integrasion malaka oshirish o‘quv kurslari boshlandi.

Mashg‘ulotlarning dastlabki siklida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri va hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, xususan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining  Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Malika Kudratxodjayeva ham ishtirok etmoqda.

Soha boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini tizimli ravishda oshirib borish maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv kurslarida tibbiyotni, xususan, patronaj xizmatini xalqqa yaqinlashtirish, kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash va samarali davolash, birlamchi tizim faoliyatini yanada takomillashtirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


9-01-2025, 16:51
Ortga qaytish