Emlanish – sog‘liqni saqlashning eng samarali va xavfsiz usullaridan biri bo‘lib, insonlarni xavfli yuqumli kasalliklardan himoya qiladi.
❓Nega emlanish muhim?
✅ Kasalliklarning oldini oladi: Eng muhimi vaksinalar tanadagi immun tizimini mustahkamlab, kasalliklardan himoya qiladi.
✅ Yuqish zanjirini uzadi: Jamoaviy immunitet orqali virus va bakteriyalar tarqalishi kamayadi.
✅ Asoratlarni oldini oladi: Emlanmagan odamlar kasallikdan og‘irroq holatda aziyat chekishi mumkin.
✅ Jamiyat himoyasi: Emlanish olish orqali nafaqat o'zingiz, balki atrofingizdagilar, ayniqsa, chaqaloqlar, qariyalar va surunkali kasalligi bor insonlarni ham himoya qilasiz.
Statistik ma'lumot: Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, emlash har yili millionlab insonlarning hayotini saqlab qoladi.
Emlanish – bu nafaqat o‘z salomatligingiz, balki butun jamiyatning farovonligi uchun qadamdir!
Sizning salomatligingiz – Sizning qo‘lingizda! O‘z vaqtida emlaning!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati