Aviasozlar dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida tayyorlanish sharoiti noma'lum, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan 19 kilogramm go'sht qiymasi savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati