Ovqatdan zaharlanish holatini oldini olish maqsadida olib borilgan o'rganishlar natijasida iste'molga yaroqsiz 20 kg ot ichki mahsuloti,13 litr konserva, 45 kg xamir mahsuloti savdosi aniqlandi va o'rnatilgan tartibda yo'q qilish chorasi ko'rildi.
Ushbu holat Shayxontohur tuman bo'limi mutaxassislari va bozor ma'muriyati bilan Eski Juva dehqon bozorida olib borilgan nazorat tadbiri davomida aniqlandi. Iste'molga yaroqsiz mahsulot savdosiga yo'l qo'yganligi sababli sotuvchilarga ogohlantirish berildi.
Eslatib o'tamiz, ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish uchun uy sharoitida tayyorlangan konserva, shuningdek, noto'g'ri sharoitda saqlanayotgan mahsulotlarni xarid qilmang.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati