Bosh sahifa / Boshlang'ich sinf uchun ajratilgan sinfxonasi faoliyati to'xtatildi

Boshlang'ich sinf uchun ajratilgan sinfxonasi faoliyati to'xtatildi

Uchtepa tumanida joylashgan 78-sonli umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf uchun ajratilgan sinfxonasi faoliyati to'xtatildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan yillik rejaga asosan 78-sonli umumta'lim maktabida o'tkazilgan sanitariya nazorati davomida 114-sinfxonasi ya'ni 1-"G" sinf uchun ajratilgan xonaning devor suvoqlari ko'chganligi, pol sathi tekisligi buzilganligi va sinfxonasining quyi qismi polida yurib ko'rilganda tebranish mavjudligi aniqlandi. 

O'quvchilar xavfsizligini inobatga olib sinfxonasidan foydalanish ta'mirlash ishlari o'tkazilgunga qadar Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limining qarori bilan to'xtatildi.  1-"G" sinf o'quvchilari boshqa sinfxonasiga ko'chirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


13-12-2024, 13:37
Ortga qaytish